“Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I blok fanlari bo‘yicha universitet barcha fakultetlarining bakalavr bosqichi talabalariga “Falsafa” Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalariga “Falsafaga kirish”, “Ontologiya va bilish nazariyasi”, “Borliq va rivojlanish falsafasi”, “Dinlar falsafasi”, “Madaniyat falsafasi”, “Falsafa va fan metodologiyasi”, “Globallashuv asoslari”, shuningdek barcha magistratura mutaxassisliklariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Falsafa (sohalar bo‘yicha)” magistratura mutaxassisligiga “Fan falsafasi”, “Germenevtika va semiotika”, “Inson falsafasi”, “Ta’lim falsafasi”, “Texnika falsafasi”, “Sinergetika asoslari” fanlari bo‘yicha ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boriladi.
Kafedraning faoliyati, dastlab 1991 yil 1 sentyabrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 42-sonli qarori asosida ToshDU tarkibida “Jahon madaniyati va tarixi” kafedrasi nomi bilan boshlagan.
1995 yildan 1999 yilgacha “Madaniyatshunoslik va inson huquqi” kafedrasi nomi bilan almashtirilgan. 1997 yilda barcha oliy ta’lim muassasalaridan ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish joriy etilganidan so‘ng, 1999 yildan kafedraga “Ma’naviyat asoslari” deb nomlangan.
2005 yil 10 fevraldan O‘zMU Katta Ilmiy Kengashi qarori bilan “Ma’naviyat asoslari” va “Dinshunoslik” kafedrasi birlashtirilib, kafedra “Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik” nomli maqom olgan.
1991 yildan 2019 yilgacha davrlar mobaynida turli kafedra mudiri lavozimida f.f.d. prof. Abdusamedov, f.f.n. E.Gulmetov, f.f.n. dos. Sh.Shoabduraximova, t.f.d., prof. M.Abdurahmonov, f.f.d., prof. M.Nurmatova, f.f.d., prof. v.b. O.Nishonova, f.d. A.Tashanov, f.d. F.Bozorova ishlagan.
2019 yil 6 oktyabrda kafedrada ixtisoslik fanlari o‘qitilishi hisobga olinib, O‘zMU Katta Ilmiy Kengashi qarori bilan “Falsafa va ma’naviyat asoslari” deb o‘zgartirilgan va
falsafa fanlari doktori, professor Shermuxamedova Nigina Arslonovna kafedra mudiri lavozimiga saylangan.