Geokimyo va mineralogiya kafedrasining tarixi 1924 yildan boshlanadi. Professor A.S. Uklonskiy tashabbusi bilan 1927 yilda alohida Mineralogiya kafedrasi sifatida shakllangan va 1974 yilgacha kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.”Petrografiya” kafedrasi 1952 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1983 yilgacha E.M.Isamuxamedov mudirlik qilgan.
Mineralogiya kafedrasining asoschilari 1920 yilda MDU bitiruvchisi akademikA.S.Uklonskiy, petrografiya va litologiya kafedrasi – 1942 y. akademik V.I.Popovlar bo‘lgan.Ushbu kafedradan mineralogiya, geokimyo, petrografiya ixtisosliklari bo‘yicha V.I.Popov, I.X.Xamrabaev, T.N.Dalimovlar akademik unvonlariga ega bo‘ldi, 10 dan ortiq doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi (R.I.Koneev, A.A.Koldaev, A.A.Kustarnikova, L.N.Lordkipanidze X.D.Ishbaev, R.T.Dalimov, R.A.Xalmatov va b.), 100 ga yaqin – nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bitiruvchilar orasida aksariyati ishlab chiqarishda yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedradan yetishib chiqqan bitiruvchilar universitetda rektor (akad.T.N.Dalimov), prorektor, dekan (X.D.Ishbaev, E.E.Igamberdiev, A.Z.Umarov) lavozimlarida ish olib bordi.
So‘ngi 30 yil mobaynida kafedraga T.N.Dalimov, X.D.Ishbaev, R.I.Koneev, O.Qo‘shmurodov, A.Z.Umarov, K.K.Xoshjanvovalar mudirlik qilgan. Zamonaviy talablarga muvofiq holda hozirgi kunda kafedralar birlashtirilib “Geokimyo va mineralogiya” kafedrasi nomi bilan yuritiladi.
Geokimyo va mineralogiya
Kafedra mudiri
SHUKUROV ANVAR HAMROQULOVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Tadqiqot turi | Dissertatsiya ishi mavzusi va ilmiy rahbari |
1 | Akbarova Zuxra Tashtemirovna | PhD doktorant | “Mineralogo-geoximicheskie kriterii formirovaniya uranovыx mestorojdeniy peschanikovogo tipa Zapadnogo Uzbekistana (na osnove sopostavleniya mestorojdeniy Djasaga, Djengeldы i Zapadnыy Ziaetdin)”. Ilmiy rahbar g.-m.f.d. A.A.Xalilov |
2 | Saxibov Turmon Qo‘ylievich | PhD doktorant | Oltin ma’danlashuvining mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va qidiruv belgilari (Auminza tog‘laridagi Shariqti istiqbolli maydoni). Ilmiy rahbar g.-m.f.n., dotsent K.K.Xoshjanova |
3 | Oripov Saidazimxo‘ja G‘iyos o‘g‘li | PhD doktorant | Zakonomernosti lokalizatsii zolotoy mineralizatsii na vostoke Kыzыlkumskoy provinsii. Ilmiy rahbar – g.-m.f.d., A.E. Antonov |
4 | Xaliyorov Xolmurod Xalmirzaevich | PhD doktorant | Shaugaz-Kondirsoy oralig‘idagi mis ma’danlashuvining joylashish qonuniyati (Sharqiy Olmaliq tog‘-kon hududida) Ilmiy rahbar g.-m.f.n., dotsent K.K.Xoshjanova |
Xalqaro hamkorlik
Horijiy hamkorlar:
- Qozon Federal uniersiteti
- Rossiya Davlat geologiya qidiruv universiteti
- Norvegiya Tromsyo universiteti
Mahalliy hamkorlar:
- H.M.Abdullaev nomidagi Geologiya va geofizika instituti
- Mineral resurslar instituti
- Geologiya muzeyi
- Ilg‘or va innovatsion texnologiyalar markazi
- Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti DK