Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment kafedrasi respublikamiz iqtisodiyoti uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlab kelayotgan yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra ikki Menejment va Mintaqaviy iqtisodiyot kafedralari negizida tashkil topgan. Menejment kafedrasi dastlab Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish kafedrasi nomi bilan 1991 yilda tashkil topgan.
1998 yildan kafedraning nomi Menejment deb atala boshladi. Menejment kafedrasiga 1991-2002 yillarda iqtisod fanlari doktori, professor Muxiddinov Renat Muzaffarovich, 2002-2005 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Sodiqova Iroda Anvarovna, 2006-2011 yillarda iqtisod fanlari doktori Mamatov Axmadjon Atadjdanovich raxbarlik qilib kelganlar.
Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi esa O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 2002 yil 15 iyundagi 01-381 sonli buyrug‘iga muvofiq Mintaqashunoslik va tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi nomi bilan tashkil etildi. So‘ngra universitet rektorining 2005 yil 29 iyundagi buyrug‘iga asosan Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasiga aylantirildi. Kafedrani 2002-2011 yillarda geografiya fanlari doktori, professor Qayumov Abduhakim Abduhamidovich boshqardi.
2011 yilda Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi Menejment hamda Mintaqaviy iqtisodiyot kafedralari negizida Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi tashkil etilib 2011 yilda unga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Mo‘minov Nozim Gaffarovich, 2012-2016 yillarda geografiya fanlari nomzodi, dotsent Xalmirzaev Axmadjon Axunovich, 2016-2017 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Raxmonov Rasul Ne’matovich, 2017-2018 yillarda iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Xashimov Pazlidin Zukurovich, 2018-2021 yillarda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sodiqov Avaz Madaminovich rahbarlik qilganlar. 2021 yilning 1 dekabridan boshlab kafedraga iqtisodiyot fanlari doktori Tagaev Bekzod Ergashevich rahbarlik qilib kelmoqdalar.
Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment
Kafedra mudiri
TAGAYEV BEHZOD ERGASHEVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Tadqiqotchining F.I.Sh. | Dissertatsiya ishi mavzusi |
Kim Tatyana Valerevna | Sovershenstvovanie konseptualnыx osnov razvitiya sferы turizma v usloviyax modernizatsii ekonomiki. |
Batirova Nilufar Sherqulovna | Innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida mintaqa sanoati rivojlanishining yo‘nalishlari (Toshkent viloyati misolida) |
G‘ofurov Anvar Bazarbaevich | Ko‘mir sanoati korporativ boshqaruvida axborotlashtirish tizimini takomillashtirish |
Asadov Xurshed Sa’dullaevich | Mintaqalar iqtisodiy rivojlanishini baholash va prognozlash uslubini takomillashtirish |
Sxay Lana Aleksandrovna | O‘zbekiston aholisining kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi istiqbollari hamda o‘lim darajasining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari |
Xalqaro hamkorlik
Mahalliy va xorijiy hamkorlar:
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriligi
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi
- O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
- Prognozlash-tirish va makroiq-tisodiy tadqiqotlar instituti
- «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki
- Germaniyaning Bremenxafen Amaliy fanlar universiteti
- Italiyaning Rim Sapiensa Universiteti