Kafedraning tashkil etilgan yili: 1932 yil
M.Ulug‘bek nomidagi O‘zMU kimyo fakultetining nooranik kimyo kafedrasi 1932 yilda tashkil etilgan. Kafedraga prof. B.G.Zaprometov rahbarlik qilgan.
1937-1949 yillar davomida kafedraga prof. Ye.I.Pozner rahbarlik qilgan. Shu vaqt mobaynida kafedra ikki yo‘nalishda ilmiy ish olib borgan:
1) Anorganik analiz usullarini ishlab chiqish va suv-tuz sistemasi xossalarining tarkibga bog‘liqligini ko‘rsatish. (rahbar Ye.I.Pozner);
2) Platina gruppachasi elementlari kompleks birikmalarining kimyosi (rahbar A.Sh.Shamsiev). 1949-1958 yillar mobaynida kafedraga dotsent A.Sh.Shamsiev rahbarlik qildi. Bu vaqtda kafedrada koordinatsion birikmalar kimyosi ustida ilmiy ishlar olib borildi.
1958-1989 yillar davomida kafedraga prof X.R.Raximov rahbarlik qildi. Bu vaqtda kafedra suv-tuz sistemasining fizik-kimyoviy analizi va oraliq metallarning tarkibida azot va kislorod elementlari tutgan ligandlar bilan kompleks birikmalarni o‘rganish ustida ilmiy ish olib borildi.
1989-2010 yillar davomida kafedraga akademik N.A.Parpiev boshchilik qilgan. Bu vaqt mobaynida kafedra “Oraliq metallarni biologik aktiv ko‘p funksiyali geterosiklik ligandlar bilan koordinatsion birikmalarining sintezi va fizik-kimyoviy tadqiqoti” mavzusi bo‘yicha ilmiy-ishlar olib borilmoqda.
Turkiston o‘lkasida ko‘p miqdorda mineral xom ashyo zaxiralari mavjudligini xisobga olib, kafedraning ilk bor ilmiy tekshirish ishlari maxalliy mineral ashyolarni kimyoviy tarkibi, fizik kimyoviy xossalarining taxlili va ularni qayta ishlash usullarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Bu soxada o‘quv jarayonini ilmiy tekshirish ishlari bilan birgalikda rivojlantirishga prof. V.I. Dulova, prof. Ishanxodjaeva M.M., dotsentlar N.I Timoxina, X.R. Raximov, K.A.Asomov, M. Fayziev, A.G.Muftaxov, assisentlar Musaeva S.B., Tursunov S., Yulchibaev A.A., Xodjaev O.F., Xamidov X.A., Reshetnikova R.V., Kadirova Sh.A. va boshqalar katta xissa qo‘shganlar.
2010-2018 yillarda kafedraga k.f.d., prof. Kadirova Sh.A. rahbarlik qilgan.
2019 yildan hozirgi vaqtgacha k.f.n., dos. Raxmonova D.S. kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tashkil topgandan buyon 17 ta doktorlik, 43 ta nomzodlik hamda 4 ta PhD dissertatsiyalari himoya qilingan.
Hozirda noorganik kimyo kafedrasida doktorlik, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari tayyorlash va himoya qilish ustida, 5 ta tayanch doktorant (Pirimova M.A., Gapurova L.N., Pardaev O.T., Umrzoqova O., Ro‘zieva B.), 1 ta DSc va 2 ta PhD mustaqil izlanuvchi (Raxmonova D.S., Esberganova B., Gazieva A.S.) va 35 ta magistrantlar ilmiy ish olib bormoqdalar.
Kafedra prof.-o‘qituvchilari tomonidan 40 ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.
Kafedrada har yili 50 dan ortiq ilmiy ishlar chop etiladi. Kafedra tashkil topgandan buyon 30 ga yaqin ixtiro uchun patent va mualliflik guvohnomalari olingan. 2 ta elektron o‘quv qo‘llanmalar uchun intellektual mulk agentligidan guvohnomalar olingan. Ilmiy tadqiqot ishlaridan olingan natijalar o‘quv jarayoniga tadbiq qilinib kelinmoqda.
Noorganik kimyo
Kafedra mudiri
RAXMONOVA DILNOZA SALAMOVNA
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Datesent
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Raxmonova Dilnoza Salamovna – PhD, DSc Benzimidazol hosilalarining d-metallar bilan gomo- va geteroligandli, aralash metalli komplekslarining yo‘naltirilgan funksionalizatsiyasi va strukturaviy dizayn jarayonlarining qonuniyatlari
Xalqaro hamkorlik
- “Navoiazot” AJ,
- “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ,
- “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ va O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha hamkorlik o‘rnatilgan.