Kafedra mudiri

RAXIMOV MATNAZAR SHOMUROTOVICH
RAXIMOV MATNAZAR SHOMUROTOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Datesent

Qabul kunlari:

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Kafedra tarixi

Zoologiya kafedrasi dastlab ikkita kafedra – Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi va Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi sifatida tashkil topgan. Zoologiya kafedrasi 2005 yil Umurtqasizlar zoologiyasi O‘IM (O‘quv ilmiy markazi) va Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasining qo‘shilishidan tashkil topgan. Kafedraga tashkil qilingan vaqtdan 2010 yilga qadar prof. I.K. Kadirov raxbarlik qilib keldi. 2010 yildan Zoologiya kafedrasi Zoologiya va ixtiologiya kafedrasi deb ataldi.  2010 yildan 2015 yil noyabr oyigacha kafedraga b.f.n. G.A. Abduraxmonova raxbarlik qildi. 2015 yil  sentyabr oyidan dotsent M.Sh. Raximov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi 1920 yilda A.L. Brodskiy tashabbusi  bilan tashkil etilgan. 1920 yildan 1941 yilgacha kafedraga A.L. Brodskiy rahbarlik qilgan. A.L. Brodskiy 1920 yili Sirdaryo va Orol dengizi faunasi, Janubiy Tyan-Shan  tadqiqotlarida ishtirok etgan va bir qancha asarlar yaratgan. “Kornenojki Issik kulya”, “Metodы analiza pochvennыx prosteyshix”, “Mikrofauna xlopkovыx poley Uzbekistana”, “Protozoa pochvы i ix rol v pochvennыx protsessax”, “Kornenojki Sredney Azii” va boshqalar shular jumlasidandir.

1941 – 1986 yillar kafedraga b.f.d., prof. A.T. To‘laganov rahbarlik qilgan.   A.T. To‘laganov O‘zbekistonda Fitogelmintologiya maktabiga asos solgan olim, 100 dan ortiq ilmiy asar, 15 dan ortiq monografiyalar yaratgan. Jumladan «Rastenieyadnыe i pochvennыe nematodы Uzbekistana» Tashkent,1949; «Nematodы rasteniy i pochv Uzbekistana» Tashkent, 1972. «Fitonematodы Uzbekistana» Tashkent, 1975. Tom 1., 1978. Tom 2. Olim O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining xaqiqiy muxbir a’zosi, Beruniy nomli Davlat mukofotiga sazovar bo‘lgan.

1986-1997 yillarda kafedraga b.f.n. prof. Z.N. Norboev rahbarlik qilgan. Olim tomonidan 2 ta darslik 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlangan.  “Umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar” (Toshkent, 1991) shular jumlasidandir.

Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi 1920 yilda prof. D.N. Kashkarov tomonidan tashkil qilingan. D.N. Kashkarov O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganib, Umurtqalilar ekologiyasi darslik; «Ptisы Uzbekistana» 1987. Tom 1., 1990 Tom 2. Kitoblarni yaratgan.

1935-1981 yillardan Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasiga  zoolog-ekolog olim T.Z. Zoxidov rahbarlik qilgan. Olim O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Beruniy nomli Davlat mukofoti sovrindori, Xizmat ko‘rsatgan fan arbobi bo‘lgan. Ko‘plab ilmiy asarlar yaratgan. Jumladan «Priroda i jivotnыy mir Sredney Azii» 1969. Tom 1, 1971. Tom 2., «Biotsenozы pustыni Kыzыlkum» 1971., Ensiklopediya o‘zbek tilida «Sut emizuvchilar» 1960. Tom 1., «Sudralib yuruvchilar» 1969. Tom 2., «Baliqlar» 1979. Tom 3., «Qushlar»1987. Tom 1., «Zoologiya ensiklopediyasi» 1979.

1981-2005 yillarda kafedraga b.f.d. prof. I.K.Kodirov rahbarlik qilgan. I.K.Kadirov tomonidan talabalar uchun o‘zbek tilida “Gistologiya”, “Odam anatomiyasi” darsliklari avval kirill, keyin lotin alifbosida chop etildi. Xususan ”Odam anatomiyasi”. Toshkent.Chinor 2003.

1998-2005 yillarda  kafedraga b.f.n. dos. B.A. Mo‘minov raxbarlik qilgan. Ular bir qancha kitoblar yaratgan  “Biologik xilma-xillik: atama va ta’riflar” (qisqacha lug‘at o‘zbek va rus tillarida) (Toshkent, 2002); Umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar.O‘/q. Toshkent, 2005.

2010 yildan Zoologiya kafedrasi Zoologiya va ixtiologiya kafedrasi deb ataldi.  2010 yildan 2015 yil noyabr oyigacha kafedraga b.f.n. G.A. Abduraxmonova raxbarlik qildi.

Kafedra tarkibi

ESHOVA XOLISA SAIDOVNA

Eshova Xolisa Saidovna

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
XOLBOYEV FAXRIDDIN RAXMONKULOVICH

Xolboyev Faxriddin Raxmonkulovich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
ABDURAXMANOVA GULNORA ABDURAXMANOVNA

Abduraxmanova Gulnora Abduraxmanovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
SADIKOVA SAYORA ATABAYEVNA

Sadikova Sayora Atabayevna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
QUCHQAROV ABDIVOHID XAKIMOVICH

Quchqarov Abdivohid Xakimovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
MUMINOV BAKIDJON ALIMOVICH

Muminov Bakidjon Alimovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
RAXMANOVA LAYLO ABDURAHMONOVNA

Raxmanova Laylo Abdurahmonovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
BALTABAYEV ADAMBAY SADULLAYEVICH

Baltabayev Adambay Sadullayevich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ELMURATOVA ZULXUMOR URAZOVNA

Elmuratova Zulxumor Urazovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
MAJIDOVA DILFUZA ZUBAYDULLAYEVNA

Majidova Dilfuza Zubaydullayevna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
IBRAGIMOV QAHRAMON SAPARBAYEVICH

Ibragimov Qahramon Saparbayevich

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
YANGIBOYEV ELMUROD CHORSHANBIYEVICH

Yangiboyev Elmurod Chorshanbiyevich

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

   Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Raximov Matnazar Shomurotovich b.f.d., dotsent Shimoli-sharqiy O‘zbekiston kollembolalar turkumi faunasi, tarqalishi va ekologiyasi
2 Eshova Xolisa Saidovna b.f.d., dotsent O‘zbekiston cho‘l hududlaridagi nematodlar va ularning yashash muhiti sharoitlariga moslashish yo‘llari
3 Xolboev Faxriddin Raxmonqulovich b.f.d., dotsent Fauna, naselenie i ekologiya ptis gorodov Kыzыlkumskogo rayona
4 Mo‘minov Boqijon Alimovich b.f.n., dotsent Issledovanie morfo-fiziologii xemoretseptorov i polovogo povedeniya xlopkovoy sovki Heliothis armigera Hbn
5 Abduraxmonova Gulnora Abduraxmonovna b.f.n., dotsent Fitonematodы xlopkovo-lyusernovыx agrotsenozov i znachenie agrotexnicheskix faktorov v formirovanii ix soobщestv
6 Sadыkova Sayora Atabaevna b.f.n., dotsent Issledovanie deystviya ksenobiotikov (dropp, butilkapstaks) na nekotorыe organы endokrinnoy i immunoy sistemы krыs
7 Qo‘chqorov Abdivohid Hakimovich b.f.n., katta o‘qituvchi Dominirovanie vida klopov-mirid Tashkentskogo oazisa i ix rol v biotsenoticheskix protsessax
8 Boltabaev Adamboy Sadullaevich b.f.n. Klopы – miridiы (Hemiptera, Hetepoptera) yuga Prioraliya
9 Elmuratova Zulxumor Urazovna o‘qituchi   Janubiy O‘zbekiston tuproqlari kollembolalarining faunasi va ekologiyasi

Xalqaro hamkorlik

  1. Kafedra O‘zRFA Zoologiya  instituti.
  2. O‘zR Qishloq va suv xo‘jalik vazirligi ilmiy-tadqiqot markazi chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik ITI stansiyalari, xo‘jaliklari va markazlari.
  3. O‘zbekiston qushlarni ximoya qilish jamiyatlari.
  4. O‘zRFA qoshidagi Baliqchilik instituti va boshqa tashkilotlar bilan aloqalari va shartnomalar tuzgan.