“Clarivate” kompaniyasi vakillari yosh olimlar uchun seminar o‘tdi

Joriy yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “Clarivate” kompaniyasi vakillari bilan “O‘zbekiston Respublikasida “Pivot-RP” resurslariga milliy obuna” mavzusida seminar o‘tkazildi. 

Kompaniyaning katta strategik maslahatchisi Irina Tixinkova o’z ma’ruzasida ilmiy ma’lumotlarni qidirish va tahlil qilish uchun «Web of Sciense» platformasi, nashr uchun hamkorlik va nufuzli jurnallar haqida ma’lumotlar berdi. 

Kompaniyaning Markaziy Osiyodagi rasmiy vakili Lyaziza Mukasheva «Web of sciense» va «InCites B&A» maʼlumotlari asosida Oʻzbekistonda fanning rivojlanishi borasida tahlillari bilan boʻlishdi.

O’zMU Axborot xizmati