Audit xizmati bo'lim boshlig'i
JALILOV SHERZOD SHUXRATOVICH
- 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
- Dushanba-Juma, 09:00-17:00
- jalilov@nuu.uz
Audit xizmati vazifalari
- Audit hizmati maqsadidan kelib chiqib faoliyatni muvofiqlashtirish va takomillashtirish;
- Byudjet hisobining yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini o‘rganish orqali universitetda byudjet intizomini mustahkamlash;
- Universitetda byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini oldini olish va profilaktika qilish;
- Byudjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini baholash hamda ichki audit faoliyati sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlash;
- Qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash;
- Masofaviy auditni qo‘llagan holda, byudjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish xavflarini aniqlash, minimallashtirish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasini amalga oshirish;
- Rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qilish va baholash;
- Universitetning mavjud resurslaridan oqilona foydalanish orqali byudjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish;
- Universitetning moliyalashtirish jarayoniga axborot texnologiyalari tatbiq etilishini baholash orqali ulardan foydalanish samaradorligini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Bosh auditorga taqdim qilish;
- Hizmat faoliyati va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha muntazam ravishda Bosh auditorga o‘rnatilgan tartibda ma’lumot va hisobot berib borish;
- Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
- Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
- Lavozim (vazifa) yo‘riqnomasiga rioya qilish.