Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Bekimatova Gulchexra Kalandarovna – Bo’lim boshlig’i

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

  Dushanba-Juma, 09:00-17:00

+998 94 316 51 19

bekimatova@nuu.uz

Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Bo‘lim  universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talaba va magistrlarning ilmiy faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Bo‘limning tarkibi: 1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar xodimlardan iborat. Bo‘limning funksional vazifalari:
– iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
– iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish; – iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
–  iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etish;
–  iqtidorli talabalarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy to‘garaklarga va ijodiy  jamoalariga jalb qilish;
–  iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, universitet, universitetlararo, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tanlovlarda qatnashishlarini tashkil etish;
–  iqtidorli talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash;
–  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti uchun ajratilgan qabul kvotalarining ta’lim sohalari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha tanlovlarda nomzodlar ishtirokini tashkil etish;
–  reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
–  iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, universitet rahbarlari, tajribali professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish.