Matbuot xizmati

Xudoynazarov Ilhom O’tkir o’g’li  – Axborot xizmati rahbari

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

  +99890 112 10 02

E-mail: i.khudoynazarov@yandex.ru

     O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti (bakalavr) hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida (magistratura) tahsil olgan. Ma’lumoti: oliy. Mutaxassisligi: jurnalist, madaniyatshunos, pedagog-tadqiqotchi.
     O‘zbek yoshlarining brend nashri “Yosh kuch” jurnalida muharrir, “Oriat-Dono” radiosida bir necha loyihalar muallifi va boshlovchisi, “Renessans” telekanalida mualliflik ko‘rsatuvlari tahririyati muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, qator davlat telekanallarining tahliliy dasturlarida ekspert sifatida ishtirok etib keladi.
     Universitet Axborot xizmati universitet faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tayyorlash hamda tarqatish vazifalarini bajaradi, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan keng hamkorlikni ta’minlaydi.
     Shuningdek, ommaviy tadbirlarni (matbuot anjumani, press-tur, brifing) tashkil etish, axborot xabarlarini (press-relizlar, byulletenlar va hkz.) tarqatish, shuningdek, universitetning rasmiy veb-saytida ularning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni joylashtirish va yangilab borish yo‘li bilan oliy ta’lim muassasasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish chora-tadbirlarini ko‘radi.
     Axborot xizmati universitet faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatishning qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa usullaridan ham foydalanadi.
Universitet Axborot xizmatida 2 ta kontent-menejer, bir nafardan fotograf, operator, montaj ustasi (turli fakultetlardan mobilograf, tarjimon, SMM-kopirayterlar volontyor sifatida) faoliyat olib boradi.