Ta’lim dasturlarini shakllantirish va muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i
RAXMONOV FARHOD DO‘STMURODOVICH
- 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
- Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00
- +998 71 246 39 63
- farxod_frd@bk.ru
Bo‘lim xodimlari:
- Akramov Ortiqboy Akramovich – uslubchi;
- Sodiqova Saida Abduraxmonovna – uslubchi;
- Djamankulova Gulbaxor Begashovna – uslubchi;
- Yuldashev Shoxrux Ilxomjon o‘g‘li – uslubchi;
- Mirtursunov Sirojiddin Zuxriddin o‘g‘li – uslubchi;
- Abdurahmonov Abdumutal Abdujabbor o‘g‘li – uslubchi.
- Yangibayev Abduqodir Azimovich – dispetcher;
Bo‘lim vazifalari:
- Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalarining belgilangan talablar asosida tayyorlanganlik holatini takomillashtirish, monitoring qilish va muvofiqlashtirishni nazorat qilish;
- Kafedralar o‘quv yuklamalari hisobini yuritish, qo‘shimcha yuklamalar monitoringini olib borish va muvofiqlashtirishni nazorat qilish;
- Ta’lim dasturlarini shakllantirish, hamda ularni xalqaro andozalarga va ta’limga oid qonun hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash;
- Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan o‘quv yuklamalari taqsimoti, professor-o‘qituvchilarning shtat jadvalini o‘rganib chiqish va rejalashtirish, muvofiqlashtirish hamda tahlilini olib borish;
- Vaqt me’yorlari asosida universitetning shtatdagi professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari va fakultet dekanlari o‘quv yili davomida bajarishi shart bo‘lgan o‘quv yuklamalari, o‘quv-uslubiy va tashkiliy-uslubiy ishlar hajmini va tarkibini aniqlash;
- Fakultet va kafedralar bilan birgalikda, kafedralar ishchi o‘quv rejalari, fanlarning o‘quv dasturlari va boshqa turdagi akademik hujjatlarini ko‘rib chiqish;
- Muntazam ravishda har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, fanlar dasturlarini rivojlangan davlatlar tajribasi va zamon talablari asosida takomillashtirib borish.