Axborot-resurs markazi

Axborot-resurs markazi direktori

RAXIMOV MIRAXMAD MAXAMADXASILOVICH

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Seshanba, 14:00-17:00
  • +998 71 246-67-71
  • raximov@nuu.uz

Markaz xaqida qisqacha ma`lumot O`zbekiston Milliy universiteti o`z faoliyatini 1918 yil 12 maydan boshladi, universitet bilan bir vaqtda kutubxona ham shakillanib bordi. 1920-yillarda kutubxonaning kitob fondi 75 ming nashr birligini, 40-yillarda kutubxonaning fondi 500 ming nashr birligini, 60-yillarda 1 million nashr birligini, 80-yillarda 2,5 million nashr birligini tashkil qildi. 1920-yillarda kutubxonaning kitobxonlar soni 1 ming kishi, 40-yillarda kutubxonaning kitobxonlar soni 4 ming kishi, 60-yillarda 7 ming kishi, 80-yillarda 21 ming kishiga ortdi. 1938 yilda Ilmiy kutubxona o`z fondi va miqyosi bo`yicha Butunittifoq Oliy maktablar ishlari komitetining buyrug`iga asosan, mamlakatdagi 30 ta yirik kutubxonalar qatoriga kiritilgan, 1969 yilda esa, Ilmiy kutubxona statusi berilgan. 1944 yilda Ilmiy kutubxona ikkinchi toifaga ko`chirildi, 1990 yilda Ilmiy kutubxona xodimlariga mehnat haqi to`lash bo`yicha birinchi toifaga ko`chirildi. Ilmiy kutubxona 1976 yil 16 dekabrdan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyrug`iga asosan O`zbekiston OTMlari kutubxonalarining uslubiy markazi qilib tasdiqlandi. 2006 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-381 Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan kutubxona sohasidagi ish faoliyati axborot telekommunikatsiya texnologiyasini amalga oshirishga va an`anaviy shakldan zamonaviy ish shakliga o`tishga yo`naltirilgan.
Universitet axborot-resurs markazi o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi qonun va qarorlariga, ayni:

Xozirgi vaqtda yagona kompleks, Axborot-resurs markazining hamma 3 funktsional bo`limlarini, electron axborot resurslari bo`lim, 12 ta fakultet Axborot-resurs markazi xizmat ko`rsatish bo`limlari, 700 o`rinli o`quv zallari o`z ichiga oladi. Axborot-resurs markazi universitet o`quv jarayoni, hamda ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etadi. Universitet axborot-resurs markazining asosiy vazifasi avvalo universitet professor-o`qituvchilarini va o`quv jarayonini o`quv, ilmiy va  badiiy,  axborot kutubxona resurslari bilan ta`minlashdir. Axborot-resurs markazi universitetning hamma kategoriyasidagi kitobxonlar uchun differentsial xizmat ko`rsatadi.
Bugungi kunda Axborot- resurs markazining kitobxonlar soni – 21650. Yillik davomat soni – 350 ming dan ortiq. Yil davomida berilgan adabiyotlar soni – 740 ming dan ortiq. Har yili Axborot-resurs markazi fondiga 10 ming nashr birligida adabiyotlar olinadi, vaqtli nashrlar 120 nomni tashkil qiladi. 80-90 % foizini Axborot-resurs markazi fondiga olingan yangi o`quv adabiyotlari va o`quv qo`llanmalari tashkil qiladi. Axborot-resurs markazi kitoblar olish uchun o`rta hisobda 200 million so`m, obuna uchun esa, 180 million so`mdan ortiq mablag` sarflaydi.
Axborot-resurs markazida 3 million dan ortiq nashr birligida – o`zbek, rus va chet tillarda yozilgan adabiyotlar mavjuddir. Axborot-resurs markazida universitet o`quv jarayoni va talabalarni o`quv qo`llanmalari va o`quv adabiyotlari bilan ta`minlash juda yahshi yo`lga qo`yilgan bo`lib, o`quv adabiyotlari – 1 million 200 ming nashr birligini, ilmiy adabiyotlar 650 ming,  badiiy adabiyot fondi – 250 mingdan ortiq  nashr birligini tashkil qiladi. Shuningdek,  davriy nashrlar fondi jurnal va gazetalardan iborat qiziqarli va boy.
Axborot-resurs markazi fondida XII-XX asrlarni o`z ichiga olgan tojik, fors, arab tillarda yozilgan 1465 nusxada nodir qo`lyozmalar va litografiyalar ham uzoq yillardan buyon saqlanmoqda. Fond o`z mazmuni bo`yicha juda xilma-xil O`rta Osiyo tarixi, geografiya, din, tibbiyot, so`fizm, falsafa fanlarining qanday rivojlanganligi haqida qiziqarli ma`lumotlar berilgan.
Axborot-resurs markazining  o`quv zallarida kitobxonlar uchun o`quv, ilmiy va badiy  adabiyotlarining elektron versiyalari (30 ming) tagacha yaratilgan, hamda Internet tarmog`i orqali  jahon axborot resurslari bazasi:   Jstor, Ebsco, Springer Nature, Proquest Dissertation and Theses Global bilan tanishish imkoniyatlari mavjud. Axborot-resurs markazi ishchi xodimlar soni 42 kishini tashkil qiladi.