Joriy yilning 10 iyul kuni Montpellier Evolyutsion fanlar Ilmiy instituti (Fransiya) tashkilotining ilmiy tadqiqotchilari Sebastьyan Joanin va Lukas Dugerdil boshchiligidagi delegatsiya Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Delegatsiyani OʼzMU Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova, Xalqaro xamkorlikni tashkil etish boʼlimi boshligʼi Gʼolibjon Yoziev, Xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼlimi boshligʼi Аziza Turakulova, АQSh Mikrobiologiya jamiyatining Oʼzbekistondagi elchisi, YuNESKOning fan va texnologiyalari boʼyicha tarmogʼining (STEPAN) Oʼzbekistondagi Milliy muvofiqlashtiruvchisi, Oʼzbek-Xitoy koʼshma laboratoriyasi rahbari, Oʼzbekiston Milliy universiteti professori, biologiya fanlari doktori Dilfuza Egamberdieva va Biologiya fakulьteti tayanch doktoranti Jaxongir Аlimov kutib oldilar.
Uchrashuv davomida Montpellier Evolyutsion fanlar Ilmiy instituti bilan aloqalarni oʼrnatish, Biologiya, Ekologiya va Geologiya muhandislik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish xamda ilmiy tadqiqotlarni olib borish, xorijiy professsor-oʼqituvchilarni universitetda dars berishi, shuningdek, talabalar va magistrantlarning akademik mobilligini yoʼlga qoʼyish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida oʼzaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilish xaqida kelishuvga erishildi.
OʼzMU Аxborot xizmati