Falsafa va huquq

«Falsafa va huquq» ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy,  falsafiy – huquqiy jurnali

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Falsafa va huquq” ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy – huquqiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2012 yil 29 dekabrda 02-35 guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. ISSN ro‘yhatga olish raqami ISSN 2181-7294.

“Falsafa va huquq” ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy – huquqiy jurnali respublikada shu sohalarga oid nufuzli nashrlardan biridir. Jurnal mamlakatimizdagi sohaning yirik mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar, jumladan 09.00.00 – falsafiy fanlar, 12.00.00 – yuridik fanlar, 22.00.00 – sosiologiya fanlari, 24.00.00 – islomshunoslik ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini boruvchilar uchun mo‘ljallangan.

“Falsafa va huquq” ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy – huquqiy jurnalining nashr bosma tabog‘i A-4 formatda, 150-250 bet, 500-2000 nusxada, har yilda to‘rt marta (jurnal davriyligi va hajmi talab, ehtiyojga qarab o‘zgarishi mumkin) chop etilishi mo‘ljallangan.

“Falsafa va huquq” ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy – huquqiy jurnali OAK jurnallari ro‘yhatiga kiruvchi jurnal sifatida OAK Rayosatining 2013 yil 30 dekabrdagi 201/3-son qarori bilan tasdiqlangan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Falsafa va huquq” ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy – huquqiy jurnali O‘zbekiston Respublikasida va jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma’rifiy yangiliklar, voqea-hodisalarni falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilish asosida keng yoritish, falsafa va huquqning dolzarb muammolari va ustuvor vazifalariga doir tahliliy, mulohazali chiqishlar qilish, jamoatchilik diqqat markazidagi dolzarb masalalarni chop etishga mo‘ljallangan.

JURNALGA MAQOLALARNI TAQDIM ETISh TALABLARI

1.  Maqola nomi

Maqola matni bosh harflar bilan o‘zbek, rus, ingliz tillarida yoziladi.

2.  Maqola muallifi haqida ma’lumot

Maqola mualliflarining familiyasi, ismi, sharifi, ish joyi va lavozimi to‘liq yoziladi. (Masalan: Axmedov  Axmad Axmadovich – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti “Sosiologiya” kafedrasi dosenti, sosiologiya fanlari nomzodi. Telefon raqami va E-mail)

3.  Maqola matni

Maqola matni tadqiqot muammosi, dolzarbligi, erishilgan natijalar va xulosadan iborat bo‘lishi lozim

4.  Tayanch iboralar

Tayanch so‘zlar maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi o‘zbek, rus, ingliz tillarida 8-10 so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.

5.  Rezyume.

O‘zbek, rus, ingliz tillarida  45-50 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.

6.  Adabiyotlar ro‘yxati

Matnda adabiyotlarga beriladigan ixtiboslar quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi: matn so‘ngida, avval ixtibosning tartib raqami, bitta probeldan so‘ng adabiyotning qaysi sahifasidan keltirilganligi, masalan [7, 23]. Bir nechta manbalarga berilgan ixtiboslar nuqta vergul bilan ajratilib yoziladi [7, 23; 48; 72]. Adabiyotlar ro‘yhati maqolaning asosiy matnidan so‘ng adabiyotning umumiy hajmi bilan keltiriladi.

7.  Matn formati:

yuqoridan – 2 sm, pastdan – 2 sm., chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5, Microsoft Word redaktorda. Maqola matni 1 intervalda, hajmi 4-5 betda, Times New Roman 14 shriftda (qog‘oz va elektron variantda) qabul qilinadi.

8.  Berilgan maqolalar soha mutaxassislari tomonidan tahlil qilinadi. Texnik va ilmiy talablarga javob bermagan maqolalar chop etilmaydi va qaytarilmaydi. Matnlarda foydalanilgan misol, ko‘chirma va ma’lumotlar aniqligi uchun muallif javobgardir.

Jurnal tahririyati manzili: Toshkent shahar,

100174 Toshkent shaxar, Universitet ko‘chasi, 5-uy.

Jurnalning elektron pochta manzili: phljournal@admin

Телефон рақами:  +998935883808


2024-yil 1-son

2023-yil 3-son

2023-yil 2-son