Fransiya yirik nashriyoti O’zMUda

2022-yilning 1-fevral kuni Fransiya yirik nashriyoti «Hachette» vakili Robert MENAND va taʼlim boʼyicha attashe Serge Bellini Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Jahon diplomatiyasi va iqtisodiyoti universitetlarining fransuz tili oʼqituvchilari ham ishtirok etishdi.
Tashrif davomida Oʼzbekistonda fransuz tilining oʼrganilish metodikasi rivojlanishi va unda darsliklarning oʼrni, muammolar hamda ularni hal qilish yoʼllari xususida oʼqituvchilar bilan suhbat olib borildi. Suhbatda Robert MENAND va Serge BELLINI tomonidan fransuz tilini oʼrgatish orqali yoshlarning kelajakdagi faoliyatlariga ijobiy hissa qoʼshish boʼyicha koʼrsatmalar berildi.

O’zMU Axborot xizmati