Аdabiyotshunos, tarjimon, tanqidchi Ibrohim Gʼafurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʼildi. 1956-1961 yillarda SАGU (hozirgi OʼzMU) ning filologiya fakulьtetida oʼqidi. 1961-1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʼrinbosari lavozimlarida ishladi. 1995 yilda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori boʼldi. U mazkur partiyaning raisi (1996 yildan), “Milliy tiklanish” gazetasining bosh muharriri. Ibrohim Gʼafurov “Goʼzallikning olmos qirralari” (1964) “Unitilmagan bogʼ” (1965), “Joziba” (1970), “Yonar soʼz” (1973), “Yam-yashil daraxt” (1976), “Yurak -alanga” (1980), “Lirikaning yuragi” (1982), “Sheʼriyat — izlanish demak” (1984), “Oʼttiz yil izhori” (1987), “Til erkinligi” (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U “Darvoza”, “Humo qushim”, “Qaldirgʼochim” kabi mansuralari bilan eʼtibor qozondi. Ibrohim Gʼafurov oʼzbek adabiyotida oʼziga xos tarjima maktabini yaratgan adabiyot vakilidir. Ibrohim Gʼafurov jahon adabiyotining “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz” (Doctoevskiy), “Аzizim” (Mopassan), “Аlvido, qurol”, “Chol va Dengiz” (E.Xeminguey), “Qiyomat”, “Chingizxonnig oq buluti” (Chingiz oq buluti), “Yongʼin” (V.Rasputin) singari asarlarini oʼzbek tiliga tarjima qilgan.
Ibrohim Gʼafurov birgina Fedor Dostoevskiyning besh romanini tarjima etgani ular tarjimalarining salmogʼi va salohiyatidan darak beradi. Ibrohim Gʼofurov adabiyotshunos, tanqidchi sifatida oʼzi ilm olgan qadrdon dargoh Oʼzbekiston Milliy universitetida bir necha yil “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fanidan maʼruzalar oʼqiganlar. Ustoz tarjimon, munaqqid Ibrohim Gʼafurov filologiya fanlari nomzodi (1973), Oʼzbekiston yoshlari mukofoti laureati (1989), “Doʼstlik” ordeni sohibi (1995).
2021 yil Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga koʼra Oʼzbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandilar.
OʼzMU Аxborot xizmati