Oʻzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi dotsentlari Enaxon Nishanbayeva, Gulbahor Isanova, tyutor Abdurashid Qodirov tashabbusi bilan Siyosatshunoslik hamda Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yoʻnalishlari 1-2-bosqich bir guruh talabalari parlament quyi palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.