2021 yilning 16-17 noyabr kunlari M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida Rossiya rektorlar Kengashining tashkiliy ko‘magida Ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim Forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forumda Rossiya va O‘zbekistonning vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, ikki davlatning Fanlar akademiyasi prezidentlari hamda ikki davlat yetakchi OTMlarining 100 dan ziyod rektorlari qatnashmoqda. Forumning asosiy mavzulari quyidagilar:
- Kadrlar tayyorlash sohasida ikki davlat hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilish;
- Rossiya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik;
- Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish va targ‘ib etish hamda gumanitar loyihalarni amalga oshirish;
- Rossiya va O‘zbekiston ta’lim tizimlarini maktabgacha ta’lim va tarbiya darajasidan oliy ta’limgacha integratsiyalash tajribasi va istiqbollari.
Forumda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inom Madjidov va Rossiya Rektorlar kengashi prezidenti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Viktor Sadovnichiylar moderatorlik qilmoqdalar.
O‘zMU Axborot xizmati