INTILGANGA TOLE YOR!

Joriy yilning 23-dekabr kuni 1-sonli talabalar turar joyida universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, 1-sonli talabalar turar joyi Talabalar kengashi va mas’ullari hamda universitet “Sport klubi” bilan hamkorlikda “Besh tashabbus” doirasida “INTILGANGA TOLE YOR!” shiori ostida aql mashqlaridan biri shaxmat-shashka sport o’yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu sport o‘yinlari “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish toʻgʻisida” gi konsepsiyasida keltirilgan, Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Unda 1-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiladigan O‘zbek-Isroil, O‘zbek-Qozon, Oʼzbek-Belorus, OʼzMU-TOMSK, Iqtisodiyot-MGU qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan hamda xorijiy talabalar ishtirok etdi.
Musobaqada sportning shaxmat turi bo‘yicha 1-o‘rinni Ismatullaev Sardor, 2-o‘rinni Farxodov Firdavs va 3-o‘rinni Ro‘ziyev Alisher, shashka turi bo‘yicha 1-o‘rinni Fayzullaev Faxriddin, 2-o‘rinni Xoshimov Quvonchbek, 3-o‘rinni Ochilov Fayozbek qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblarlar diplom va estalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.

O’zMU Axborot xizmati