O‘zbekiston Milliy universitetida pedagog xodimlar va talabalar ishtirokida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o’tkazildi.
Ishchi guruh a’zolari «Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi», «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra», «Eng yaxshi tyutor», «Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi» kabi nominatsiyalar bo’yicha qatnashgan ishtirokchilarni tanlov mezonlariga muvofiq baholab borishdi.
“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” yo’nalishi bo’yicha:
1-o‘rin: Xolida Ruxiyeva, Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasi professori
«Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra» yo’nalishi bo’yicha:
1-o‘rin: Shoxruxxon Saidov, Ijtimoiy fanlar fakulteti Huquqiy fanlar kafedrasi
2-o‘rin: Isomiddin Tog‘ayev, Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti Geologiya kafedrasi
«Eng yaxshi tyutor» yo’nalishi bo’yicha:
1-o‘rin: Ulug‘bek To‘xtayev, Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti
2-o‘rin: Xusanboy Sultonov, Biologiya fakulteti
3- o‘rin: Shahlo Suyunova, Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti
«Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi» yo’nalishi bo’yicha:
1-o‘rin: Nurbek Toshturdiyev, Gidrometeorologiya fakulteti 3-bosqich talaba
2-o‘rin: Gulnoza Esonaliyeva, Ijtimoiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi
3-o‘rin: Dilnozа Xusanova, Ijtimoiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi
O’zMU Axborot xizmati