JAHOLATGA QARSHI – MA’RIFAT

Joriy yilning 17-dekabr kuni O’zbekiston Milliy universitetida «Jaholatga qarshi – ma rifat» mavzusida ma’naviy-ma rifiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi. Tadbirda soha mutaxassislari, O’zbekiston Milliy universitetining 150 dan ortiq talaba-yoshlari professor-o’qituvchilari, hamda tyutorlari ishtirok etdi. Mazkur tadbir yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo’yicha ta’lim muassasalarida turli huquqbuzarlik, qonunbuzarlik, giyohvandlik va boshqa salbiy hodisalarning oldini olish, yoshlarining ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish orqali ularda yot g’oyalarga nisbatan immunitetni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur davra suhbatini universitet Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Botir Mallabayev ochib berdi. Davra suhbati boshlanishida ishtirokchilar va talaba-yoshlarga mavzuga oid Mehr-1″ va «Ogoh bo’ling» nomli hujjatli filmlar namoyish etildi. Mavzuga oid masalalar bo’yicha taklif etilgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo yicha qo’mita bo’lim boshlig’i Ilhom Ma’rupov, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti dotsenti, Olmazor tumani deputati To’lqin Eshbekov hamda soha mutaxassislari tomonidan talaba-yoshlarga ma’lumotlar berildi. Tabdir davomida talaba-yoshlarga dunyoning ko’plab mamlakatlarida ro’y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o’zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etayotganligi haqida aytib o’tildi. Tadbir yakunida talaba-yoshlar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga tegishli mutaxassislar tomonida javob oldilar va mana shunday targ’ibot tadbirlarini muntazam o’tkazishga kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati