Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Harakatlar strategiyasi zalida universitet professor-o`qituvchilari, 150 dan ortiq talaba-yoshlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida davra-suhbati o‘tkazildi.
Mazkur davra suhbatini universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Mallabaev ochib berdi. Mavzuga oid masalalar bo‘yicha taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Ilhom Maʼrupov va soha mutaxassislari tomonidan talaba-yoshlarga ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar va talaba-yoshlarga mavzuga oid hujjatli filmlar namoyish etildi.
Talaba-yoshlar suhbat davomida dunyoning ko’plab mamlakatlarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotganligi haqida aytib o‘tildi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar mavzuga oid savollarga javob olishdi.
O’zMU Axborot xizmati