«Karyera kuni» Mehnat Yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

2022 yilning 18-mart kuni soat 10.00 dan O‘zbekiston Milliy universiteti Bosh o‘quv binosi foesida «Karyera kuni» Mehnat Yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 4 martda o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda universitet talabalariga darsdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.
Tadbirda respublika, viloyatlar, shahar va tumanlar darajasidagi yirik tashkilot, muassasa, korxonalar va yirik tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etishadi.                                                                                                               

Barcha talabalar va ish beruvchilar taklif etiladi.