Joriy yilning 5-7-may kunlari Koreya Respublikasining Chxunchxon-Namdo provinsiyasi gubernatori Kim Tae Heum boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi.
Mazkur tashrif doirasida 7-may kuni koreyalik mehmonlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston tarafdan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik rahbariyati, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ishtirok etdi.
Koreya tomonidan esa Chxunchxon-Namdo provinsiyasi gubernatori Kim Tae Heum boshchiligidagi provinsiya rahbariyati vakillari hamda Son Mun va Sunchonhyang universitetlari prezidentlari boshchiligidagi muassasa vakillari qatnashdi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligi ta’kidlandi. O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Koreya OTMlari filiallari, qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyati hamda ushbu mamlakatda tahsil olayotgan 10 mingdan ziyod o‘zbek talabalari haqida fatklar qayd etildi.