Koreya universitetlari bilan hamkorlik kengaymoqda.


Bugun, 2-fevral kuni, Andong Milliy Universiteti delegatsiyasi Uzbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurishdi. Ushbu universitet Osiyoda agrar va qishloq xoʻjaligi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashda yuqori oʻrinda turadi. Bundan tashqari universitet hamkor tashkilotlar bilan qoʻshma ilmiy loyihalar va sohalararo ilmiy tadqiqot olib boradi.

Uchrashuv davomida IT-yo‘nalishi, molekulyar biologiya, qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorliklar qilish, professor-oʻqituvchilar va akademik almashinuv dasturini yulga qoʻyish takliflari bildirildi.

Uchrashuv soʻngida tomonlar memorandum loyihasi toʻliq ishlagandan soʻng imzolashga kelishib olindi.






Xalqaro aloqlar bo’limi