Moskva iqtisodiyot maktabida yo’lga qo’yilgan bakalavriat va magistratura bo’yicha kadrlar tayyorlash tajribasi Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Vladimir Lvovich Kvint boshchiligida bir guruh olimlar va mutaxassislar tomonidan tushuntirib o’tildi.
Ma’lumot o’rnida, O‘zMU rektori, professor Inom Madjidov Rossiya strategiya maktabining asoschisi, strategiya nazariyasi bo‘yicha dunyodagi yirik mutaxassis, akademik Vladimir Lvovich Kvint bilan uchrashib, ushbu g‘oya yuzasidan kengashgan edi. (https://t.me/nuu_uz/8339) Vladimir Kvint O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Strategiya kafedrasini ilmiy rahbar sifatida boshqarishga tayyorligini bildirgan edi.