Qadimiy qadriyatlarimiz, xususan, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm g`oyalarini o`zida mujassam etgan, milliy sportimiz bo`lgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu qadriyatlarimizni umumjahon durdonasiga aylantirish bo`yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O`zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Sport faoliyati – kurash taʼlim yo`nalishida tahsil olayotgan iqtidorli sportchi – kurashchilari hamda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi iqtidorli kurashchi talabalari bilan hamkorlikda joriy yilning 16-dekabr kuni O`zMU sport majmuasida, O`zbekiston Turizm va sport vazirligining musobaqalar taqvim rejasiga asosan, 2022-yilda rejalashtirilgan O`zbekiston chempionati va nufuzli xalqaro turnirlar oldidan o`quv-mashg`ulot yig`inlari tashkil etildi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan musobaqalar oldidan saralash bosqichi ko`tarinki ruhda o`tkazildi.
O`zMU Axborot xizmati