MADHIYA – MILLIY G`URUR VA FAXRIMIZ!

 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan erta tongdan universitet «Talaba FM» radiosida milliy g`urur va faxrimiz – madhiyamizga bag’ishlangan dastur eshittirishlari olib borildi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining barcha fakultetlarining professor-ustozlari va talaba yoshlar tomonidan jo`r ovozda Davlat madhiyasi yangradi.

Shuningdek, sana munosabati bilan Xalqlar do‘stligi sa’nat saroyi maydonida tashkil etilgan bayram konsertida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetidan 400 nafar talaba-yoshlar hamda fakultet tyutorlari faol ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizni har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

O’zMU Axborot xizmati