Joriy yilning 15-mart kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Axmed Reymovlar ishtirokida o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda Oliy o‘quv yurtlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda ilmiy – tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish maqsadida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolashdi.
Ushbu memorandumning maqsadi 2021-2026 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik asosida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda ilmiy – tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirishdan iborat.
Shuningdek, uchrashuv davomida ikki oliygoh o’rtasida memorandumni amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
O’zMU Axborot xizmati