Navoiy nazmi shaydosiman

Bugun, 9-fevral kuni O’zMU Kimyo fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “Navoiy nazmi shaydosiman” nomli ilmiy-ijodiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Kimyo fakulteti dekani Sh.Kadirova, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G’.Abdurahmononov, fiologiya fakulteti professori Nasimxon Raxmon, professor-o’qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni fakultet dekani Sh.Kadirova ochib berdi. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak”, deb alohida taʼkidlab oʻtdi. Shundan so’ng navoiyshunos olim, professor Nasimxon Ramxon mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy hayoti va ijodi, ta’lim tarbiya hamda Navoiy asarlarida komil inson siymosi bo’yicha fikrlar bildirib o’tdi. So’ng tadbirning badiiy qismida talabalar Alisher Navoiy g’azallari va ruboiylaridan o’qib berdilar. Shuningdek, Kimyo fakulteti professori Habibullo Tojimuhamedov barcha tadbir ishtirokchilarini bugungi bayram bilan tabriklab, shu kunlarda biz Hazrat Navoiyni yangilangan Oʻzbekistonning yangi davr olamida, yangidan kashf etayotganini, Alisher Navoiy ijodi va faoliyati davomida oʻz xalqi va Vatani uchun qoldirgan boy adabiy va maʼnaviy merosining bosh boʻgʻini insonga mehr, Vatanga sadoqat va xalqiga boʻlgan cheksiz muhabbat boʻlganligini ta’kidlab o’tdi. Tadbir qiziqarli va mazmunli hamda ko’tarinki ruhda o’tdi.

O’zMU Axborot xizmati