2022-yilning 8-aprel kuni O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti «Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi» kafedrasi dotsenti Jamshid Yusubov, dotsent v.b. Gulbaxor Isanova va tyutor Farxod Abdullayevlar boshchiligida Siyosatshunoslik yoʼnalishi 1-kurs А patok talabalari “Аmaliy siyosatshunoslik” fani doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari” qoʼmitasi faoliyati, kutubxonasi va muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.
Tashrifdan maqsad – Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga moʼljallangan yangi Oʼzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-60-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda deputatlar faoliyati, qonunlar loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonini oʼrganish, talaba-yoshlarni barcha sohalarga oid dunyoqarashlarini yanada oshirish hisoblanadi.
O’zMU Axborot xizmati