Oʻzbekiston Milliy universitetiga Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti professor oʻqituvchisi Aleksandr Xorashev tashrif buyurdi.


Oʻzbekiston Milliy universitetiga Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti professor oʻqituvchisi Aleksandr Xorashev tashrif buyurdi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Milliy universiteti mazkur oliy taʼlim muassasasi bilan bir necha yillardan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqda, shuningdek, psixologiya mutaxassisligida kadrlarni tayyorlamoqdalar.

Bugun professor Aleksandr Xorashev geografiya yoʻnalishi talabalariga maʼruza oʻqish uchun tashrif buyurganligini aytib oʻtdi va kelgusida Moskva Davlat universiteti talabalarning malaka amaliyotini Oʻzbekiston Milliy universitetiga qarashli Chorbogʻ dala poligonida oʻtash taklifini bildirdi.

Olim uchrashuvda Oʻzbekiston hududining tabiati bu sohada ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun qulay va koʻp loyihalarga mavzu boʻlishi mumkinligini taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuv soʻnggida talabalarning malaka amailiyotini yoʻlga qoʻyish oʻqituvchilarning maʼruza oʻqishlarini kengaytirishga kelishib olindi.





Xalqaro aloqalar bolimi