Avval xabar berganimizdek, 2021-yilda «El-yurt umidi» jamgʼarmasining 2021-yil 22-apreldagi qarori bilan matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari boʼyicha oʼtkazilgan birinchi stipendiya tanlovi natijalari hamda “Jamgʼarma stipendiati” deb eʼtirof etilgan nomzodlar toʼgʼrisidagi yakuniy xulosasiga koʼra, Oʼzbekiston Milliy universitetidan 15 nafar yosh olimlar gʼolib boʼlib, xorijiy universitetlarga stajirovka va malaka oshirish uchun yoʼllanma oldilar.
2021-yil sentabr-dekabr oylarida Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, k.f.n. dotsent, Dilnoza Raxmonova va kafedra dotsenti v.b., PhD Batirbay Torambetov, Аnalitik kimyo kafedrasi dotsenti v.b. PhD Jamoliddin Todjiev va kafedra dotsenti, PhD Dilshod Ziyaevlar Ukraina Respublikasining V.N.Karazin nomidagi Xarkov Milliy universitetida malaka oshirishga bordilar. Stipendiatlarimizni universitet prorektori, professor Аleksey Navrotskiy va Xalqaro aloqalar boʼlimi boshligʼi, professor Аleksandr Xijnyak, Kimyo fakulteti dekani, professor Oleg Kalluginlar iliq kutib olib, ularga barcha imkoniyatlardan foydalanishlarini taʼminlab bermoqda. 2021-yil 20-noyabr kuni Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, k.f.n. dotsent Dilnoza Raxmonova stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladi va prorektor Аleksey Navrotskiy tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. Stipendiatlarimiz malaka oshirish davomida mutaxasislik fanlaridan “Ochiq maʼruza” oʼtganligi toʼgʼrisida sertifikat oldilar. Shuningdek, kelajakdagi mustahkam hamkorlik aloqalarini davom ettirish maqsadida Oʼzbekiston Milliy universiteti va Xarkov Milliy universiteti oʼrtasida shartnoma tuzish, birgalikda ilmiy maqolalar yozish, ilmiy loyihalar tayyorlash, hamkorlikda qoʼshma fakultet dasturi yuzasidan yangi yoʼnalishlar ochish va boshqa hamkorlik ishlari muhokama qildilar.
O’zMU Axborot xizmati