O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 28-yanvar kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish aynan ta’lim sohasini, inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan.
- Maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Bunga barcha e’tiborimiz va resurslarimizni safarbar qilamiz. Qiyin yo‘lni tanlayapmiz, lekin shu yo‘l muammolarni yechadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ushbu topshiriqqa asosan, O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Xurshidjon Ergashev fakultet tyutorlari Olim Erqulov va Oybek Ochilovlar Olmazor tumanidagi fakultetga biriktirilgan 219-maktabga tashrif buyurib, maktab jamoasi bilan universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida muloqot olib bordilar hamda «Yashil makon» loyihasida faol ishtirok etdilar.
O`zMU Axborot xizmati