O‘zbek-Isroil qo‘shma fakulteti talabalariga O‘zMU diplomi berildi

O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Xolon texnologiya instituti (XTI) kelishuviga ko‘ra faoliyat olib borayotgan O‘zbek-Isroil qo‘shma fakultetining 33 nafar talabasi bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoyalab, O‘zMU diplomi bilan ham taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tkan yili “Amaliy matematika” hamda “Kompyuter ilmlari” yo‘nalishlarida tahsil olgan ushbu talabalarga Xolon texnologiya institutining diplomi taqdim etilgan edi.