O’zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida “Qadriyatlar qadr topgan yurt” shiori ostida “Oddiylikdan kreativlikkacha” nomli talabalar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Unda milliy urf-odatlarimiz va qadriyatimiz aks etgan buyumlar, qo‘l mehnati asosida yaratilgan aksessuarlar, pazandachilik mahsulotlari namoyish etildi.

Universitet rahbariyati va mehmonlar ham ko‘rgazmani tomosha qilib, talaba qizlarning ijodkorona amaliy ishlarini yuqori baholashdi.