O‘zbekiston Milliy universiteti Kuzatuv Kengashining Nizomi tasdiqlandi

2022-yil 1-fevral kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Kuzatuv Kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy universiteti Kuzatuv kengashining tarkibi, Kengash aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida O‘zbekiston Milliy universiteti Kuzatuv kengashining Nizomi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-son va PQ-61-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan universitetda o‘quv jarayonlarini takomillashtirish va taʼlim sifatini oshirish, universitetda taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, ilmiy salohiyatni oshirish, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini takomillashtirish, universitetning nufuzini oshirish va xalqaro reytinglarga kiritish, universitet moddiy texnika bazasini mustahkamlash yo’nalishlari bo‘yicha Kengash tarkibidagi mutaxassislardan ishchi guruhlar shakllantirilib, Universitetni rivojlantirish Dasturi, yo’l xaritasi, biznes reja ishlab chiqish va tasdiqlash masalalari muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilishda Kuzatuv kengashi tarkibida tasdiqlangan aʼzolardan Xakimov Obid Arzikulovich, Minxojiddin Xojimatov Mirzajanovich, Saidov Sirojiddin Saloxovich, Nasritdinxo‘jayev Omonullo Zabixullayevich, Muxitdinov Erkin Madorbekovich, Mustafayev Zafarjon Buribayevichlar so‘zga chiqishdi.

O’zMU Axborot xizmati