O’zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida tashkil etilgan «Iqtidor» lider yoshlar klubi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tanishtiruv sayohati tashkil etildi.

Ushbu tashabbusdan ko’zlangan maqsad talaba-yoshlarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, ularning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini boyitish hamda talabalarni qonun ijodkorligi jarayoni bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

Sayohat davomida Tarix fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ravshan Jo‘rayev boshchiligidagi tarixchi-talabalar Senat faoliyati, senatorlarning ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar, senatorlar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.