5-iyun kuni O’zbekiston milliy universiteti rektori Inomjon Majidov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turabdjanov va Toshkentdagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida bo‘lishdi.
Norasmiy tashrif davomida rektorlar filialning faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar, o‘quv xonalari, sport zalning ta‘mirlash ishlari va talabalar turar joyi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishishdi. Olib borilayotgan ishlar bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.