O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 4-martda o‘tkazilgan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to
`g
`risida”gi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda universitet talabalariga darsdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan bandligini taʼminlashga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, soha prorektorlari, respublika, viloyatlar, shahar va tumanlar darajasidagi 160 ga yaqin tashkilot, muassasa, korxonalar va yirik tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda universitetning 4000 ga yaqin talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirni Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng universitet rektori Inom Madjidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 4-martda o‘tkazilgan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari bandligini taʼminlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga tushuntirdi.
Tadbir davomida ish beruvchi tashkilotlar tomonidan talabalar uchun davra suhbatlari o‘tkazildi. Ular o‘zlarining o‘n mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari va tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni ko‘rgazmali hamda tarqatma materiallari orqali taqdim etishdi. Bunday Karyera kunlari universitetda yil davomida yana bir necha bor o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O’zMU Axborot xizmati