O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi Xitoyning Tyanszin shahrida davom etmoqda

Bugun Xitoy-O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi Xitoyning Tyanszin munisipalitetida bo‘lib, mahalliy administratsiya rahbari bilan tor doiradagi uchrashuvda qatnashib, Tyanszin oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muzokara olib bordi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Tyanszin munisipaliteti tomonidan tashkil etilgan “Xitoy-O‘zbekiston. Oliy ta’limda hamkorlik bo‘yicha Tyanszin Forumi”da o‘z ma’ruzasi bilan chiqish qildi.

O‘zMU rektori O‘zbekiston va Xitoy oliy ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirishning zamonaviy shakllari, xususan, tarmoqli hamkorlikni rivojlantirishga urg‘u berish zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.