O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi shu yilning 30-iyulidan 13-avgust sanasiga qadar Moskva davlat gumanitar universiteti tomonidan tashkil etilgan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlari universitetlari ishtirokidagi xalqaro “Yozgi institut”da ishtirok etmoqda.
Pedagoglar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xodimlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash va tahlil qilish hamda xalqaro universitetlardan raqamli axborot texnologiyalari borasidagi tajribalarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan ushbu “Yozgi institut”da O‘zMU nomidan Bahodir To‘rayev, Ulug‘bek Musurmonov va Mansur Mamanazarovlar qatnashmoqda.
Vakillarimiz bugun Rossiya Fanlar Akademiyasida bo‘lib, muassasa faoliyati va tajribasini o‘rganishdi.