O’zMU talabasi «Inson huquqlari bo`yicha eng yaxshi maqola» yo’nalishi g’olibi

«Raqamli avlod. Covid-19 pandemiyasi davrida inson huquqlari bo`yicha ta’lim» mavzusidagi respublika tanlovida O`zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Milliy g`oya. Ma’naviyat asoslari  va huquq ta’limi” yo`nalishi
3-bosqich talabasi Asadbek Zairov «Inson huquqlari bo`yicha eng yaxshi maqola» yo’nalishida Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazining diplomi bilan taqdirlandi. Talabamizning yutuqlari bilan tabriklaymiz va keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

O’zMU Axborot xizmati