Joriy yilning 25-30-mart kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Taekvondo WT sport turi bo‘yicha eshitishda nuqsoni bor sportchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, mazkur chempionatda “Taekvondo va sport faoliyati» fakulteti 1-kurs magistranti Muhammad Usmonov g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi.
Shuningdek, talabamiz 2025-yili Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Surdlimpiya (eshitishda nuqsoni bor sportchilar o‘rtasidagi musobaqa) o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zMU Axborot xizmati