Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan talabamiz Svetlana Osipova barcha raqiblarni mag‘lub etib, O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kunda bayrog‘imizni Meksikada baland ko‘tardi
Dastlab AQSH vakilasi ustidan g‘alaba qozongan Osipova chorak finalda Marokash, yarim finalda avstriyalik raqibalarini ham mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun dayanga chiqqan Svetlana 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Svetlana o‘zbek taekvondosi tarixidagi ayollar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lgan birinchi ayol hisoblanadi!

