Qo‘qon universitetida turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalasida seminar o‘tkazildi

Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon universitetida mamlakatimizda turizm sohasi uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari: muammo va yechimlar mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistondagi turizm yo‘nalishi mavjud, shuningdek, ichki turizmni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan 30 dan ortiq oliy ta’lim muassalarining rektor, prorektor va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

   

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ham mazkur seminarda qatnashib, mavzu borasida fikr-mulohazalari, ichki turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, universitet tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Uslubiy ta’minlash va ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha prorektor Ravshan Musurmanov seminarda turizm sohasida erishilgan yutuqlar, sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar bilan ishtirok etdi.

   

Tadbirda so‘zga chiqqanlar 2024/2025-o‘quv yili dasturlarini o‘quv yili yakunigacha turizm ta’limi dasturlari jahon universitetlari reytingida top-100 talikka kiruvchi nufuzli ta’lim muassasalari standartlari asosida qayta ishlab chiqish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha dual ta’lim shaklini joriy etish, universitetlarning o‘zida amaliyot bazalarini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

O‘zMU Axborot xizmati