O‘zbekiston Milliy universitetida Markaziy bank, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bilan hamkorlikda “Iqtisodiyot” fakulteti, “Bank ishi va audit” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish, ularni bank faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Raqamli moliyaviy savodxonlik” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
“Umumjahon pul haftaligi (Global Money week)-2024” doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda mavzu yuzasidan taqdimot “Makroiqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. (PhD) va “Trastbank” XAB departament direktori Oybek Do‘stmuhamedov tomonidan amalga oshirildi.
Taqdimotda raqamli moliyaviy xizmatlar, moliyaviy xavfsizlik, moliyaviy savodxonlik, masofaviy bank xizmatlari, moliyaviy xavfsizlik qoidalari, elektron pullar, raqamli moliyaviy firibgarlik haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalarga bankning Amaliyot boshqarmasida ekskursiya tashkillashtirilib, bank muassasasi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar hamda bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Tadbir davomida “Raqamli moliyaviy savodxonlik” mavzusi bo‘yicha turli viktorina va interfaol o‘yinlar o‘tkazilib, talaba yoshlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi. Tadbir yakunida barcha talabalarga “Trastbank” tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
O‘zMU Axborot xizmati