Rektor talabalar turar joyi va sport kompleksi faoliyati bilan tanishdi

Bugun, 26 mart kuni O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov tegishli mas’ullar bilan birgalikda talabalar muammolarini o‘rganish, qorovul-xodimlar, xizmatchilar, tarbiyachi-pedagoglar faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida talabalar turar joylarida bo‘ldi.

Rektor TTJda yashovchi talabalarning odob-axloq va ichki tartib-qoidalariga amal qilishini ta’minlash, profilaktika inspektori bilan hamkorlikda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolarining navbatchiligini samarali tashkil etish, universitet va yotoqxona hududida talabalar xavfsizligiga daxl qiluvchi omillarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, talabalarning o‘qishdan keyingi vaqtini mazmunli o‘tkazish, universitetdagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari va tadbirlarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kerakli tashabbuslarni ilgari surdi.