RIPO Instituti

2023 yilning 14 iyun kuni RIPO instituti rektori Valerey Golubovskiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston milliy universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani universitet prorektorlari Ravshan Musurmonov, Raima Shirinova, Valijon Yedgorov, Yoqub Ergashevlar kutib olishdi.

Uchrashuvda ikki talim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni faollashtirish, qo‘sh diplom, magistr va doktorantlar amaliyeti va masofaviy malaka oshirish borasida takliflar muhokama etildi. Shuningdek, doktorantlarning ilmiy tadqiqot natijalarigi laboratoriyalarda tashkil qilish, O‘zbekiston-Belorussiya qo‘shma ilmiy loyihalarida ishtirok etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Tomonlar mazkur masalalarni yangi 2023/2024 o‘quv yilida amalga oshirishga kelishib oldilar.