Saudiyalik Rashid Ayed al-Xarbi O‘zbekiston Milliy universitetida PhD dissertatsiyasini himoya qildi

O‘zMU tayanch doktoranti Rashid Ayed al-Xarbining 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari) ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ommaviy axborot vositalarida Saudiya Arabistonining O‘zbekiston bilan hamkorligini yoritish masalalari” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Rashid Ayed al-Xarbi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shavkat Ibragimov ilmiy rahbarligi ostida Jurnalistika fakulteti “Audiovizual va internet jurnalistika” kafedrasida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib borgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rashid Ayed al-Xarbi 1980-yil 15-mayda Saudiya Arabistonining Al- Qassim shahrida tug‘ilgan. 2011-2014-yillarda Saudiya Arabistonining Efiopiyadagi elchixonasida ishlagan, 2014-yildan hozirga qadar qirollikning O‘zbekistondagi elchixonasida faoliyat olib boradi.