SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning birinchi tashabbusi – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan «SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL» nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda Iqtisodiyot fakulteti dekani A.Umarov, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Niyazov, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Bayram tadbirini Iqtisodiyot fakulteti dekani A.Umarov va professor P.Hoshimov, dotsent А.Xolmirzayevlar tabrik so‘zlari bilan tadbirni ochib berishdi. Tadbirda fakultet talaba-qizlari ishtirokida “Iqtisodiyot fakulteti malikasi” ko‘rik tanlovi ham o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik tanlov ishtirokchilari belgilangan shartlar bo‘yicha berilgan topshiriqlarni bajarishdi. Tanlov natijasiga ko’ra, Menejment yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Baltabayeva Go’zal g‘oliblikni qo’lga kiritdi. Shuningdek, tadbir davomida Iqtisodiyot fakulteti Tashabbus jamoasi tomonidan badiiy chiqishlar- she’r, qo‘shiq va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bayram tadbiri haroratli va yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

O’zMU Axborot xizmati